“Instagram”da dizlayk funksiyasi paydo boʻlishi mumkin
“Instagram” izohlardagi dizlayk funksiyasini sinovdan oʻtkazmoqda. Bu haqda “TechCrunch” nashri xabar berdi.
Bu funksiya ayrim foydalanuvchilar eʼtiborini tortib, turli izohlar yigʻishga ham ulgurdi. Kompaniya rahbari Adam Mosseri ham uni sinov tariqasida amal qilayotganini tasdiqlagan.
Mosseri “Threads”dagi postida dizlayklar soni hammaga koʻrsatilmasligi va sizga qoldirilgan shu turdagi izohdan boshqalar xabardor boʻlmasligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, dizlayklar soni reytinglarda hisobga olinadi.
Funksiya foydalanuvchilarga qaysidir sharh yoqmagani haqida muallifni xabardor qilish imkonini yaratadi. Bu sharh tizimining yanada rivojlanishiga yordam berishi mumkin.
Taʼkidlash joiz, 2021-yilda “Instagram” foydalanuvchilarga layklarni yashirish imkonini taqdim etgandi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda odamlar oʻrtasidagi bosimni pasaytirishga yordam berishi kerak edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring