“Instagram”da 3 daqiqalik “reels”lar paydo boʻladi
“Instagram” rahbari Adam Mosseri 2025-yil 18-yanvardan qanday oʻzgarishlar yuz berishi haqida maʼlum qildi.
Foydalanuvchilar 90 soniyani juda qisqa deb hisoblay boshladi. Shu sababli endilikda “reels”lar uchun maksimal chegara boʻlgan 90 soniya ikki barobarga oshiriladi. Qayd etish kerakki, limit 2022-yildan buyon oʻzgarmay kelayotgan edi.
Bu “Instagram” uchun katta burilish boʻlishi mumkin, negaki, u shu paytgacha oʻz auditoriyasi uzun videolarni koʻp tomosha qilmaydi deb hisoblab, oʻzining “qisqa uslubi”ni saqlab kelgan.
Qizigʻi shundaki, ushbu oʻzgarish “TikTok”ning AQSHda taqiqlanishi fonida yuz berganidir. Bu formatdagi videolar “TikTok”da 2021-yildayoq paydo boʻlgan hamda yaxshi natija berib kelayotgan edi.
Xitoy ijtimoiy tarmogʻi bir muddat davlat hududida ishlamay qolib, ilova doʻkonlaridan ham gʻoyib boʻlgani rost. Ammo Donald Trampning aralashuvi bilan xizmat qayta tiklangan, hattoki, platforma bilan hamkorlikda qoʻshma loyiha qilish ham rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring