“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Jizzax viloyatida “Inson uchun” inklyuziv yugurish marafoniga tantanali tarzda start berildi.
Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o‘z salohiyatlarini ko‘rsatish, yangi do‘stlar topish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
“Inson uchun” marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo‘nalish bo‘yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:
- ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar;
- kar va zaif eshituvchilar;
- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;
- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.
“Inson uchun” inklyuziv yugurish marafoni respublikaning barcha hududida tashkil etiladi.
Keyingi manzil – Sirdaryo viloyati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring