Inson huquqlari sohasida taʼlim boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi

Foto: Xalq so‘zi
5-6-dekabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan “Inson huquqlari sohasidagi taʼlim” global forumi doirasida ayni mavzuda mahorat darslari boʻlib oʻtdi.
Samarqand davlat universitetida tashkil etilgan ushbu tadbirdan koʻzlangan Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va talabalari uchun inson huquqlari fanidan saboq berish boʻyicha namunaviy darslar tashkil etish koʻnikmasini shakllantirishdan iboratdir.
Mahorat darslari ilgʻor xorijiy tajribalar asosida offlayn va onlayn usulda olib borildi. Jahonning turli universitetlaridan taklif etilgan taniqli professorlar ishtirokidagi qiziqarli maʼruza va bahs-munozaralar, oʻz navbatida, jonli muloqot va amaliy savol-javoblar uchun qulay maydon yaratdi.
Tajribali xorijlik ekspert va mutaxasislar taqdim etgan maʼruzalar keng qamrovli tinglovchilar auditoriyasini befarq qoldirmadi. Maʼruzachilar inson huquqlari sohasidagi koʻp yillik tajribaga atroflicha toʻxtaldilar. Huquqni qoʻllash koʻnikmalari, sohadagi kreativ va innovatsion yondashuvlar, xalqaro, mintaqaviy va milliy darajada inson huquqlari sohasida taʼlim boʻyicha olib borilayotgan ibratli amaliyotga eʼtibor qaratdilar.
Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tamoyillari va qadriyatlarining inson, jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qilishi eʼtirof etildi. Taʼlim sohasida inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, shuningdek, qonunchilik va davlat organlarining amaliy faoliyatiga ayni sohadagi xalqaro standartlarni toʻliq implementatsiya qilish mexanizmlari hamda tartibi samaradorligini oshirish borasida atroflicha fikr almashildi.
Mahorat darslarida mamlakatimizning barcha hududlarida yuridik yoʻnalishda faoliyat olib boruvchi 20 dan ortiq oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalaridan 6,5 mingdan ortiq professor-oʻqituvchi, prokuratura xodimlari, bakalavriat va magistratura yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan yosh olimlar ishtirok etdi. Shuningdek, Adliya vazirligi tizimidagi 14 ta yuridik kollej oʻquvchilari maʼrifiy-huquqiy tadbirda faol qatnashdi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring