Inson 100 yil yashasa, 100 yil tarbiyaga ehtiyoj sezadi — Narzulla Jo'rayev
Xabaringiz bor, “Yoshlar oyligi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Xususan Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat universitetida “Ziyolilar forumi” doirasi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Forumni tarix fanlari doktori, professor Narzulla Joʻrayev ochib berdi.
Narzulla Joʻrayev nutqining avvalida qoraqalpoq xalqining salohiyatini yuqori baholadi.
“Qoraqalpoq xalqi yaratuvchilik hamda katta salohiyat hamda aqliy imkoniyatga ega boʻlgan xalqdir”, deya eʼtirof etdi.
Shundan soʻng professor ziyolilar va ularning oldiga qoʻyilgan maqsad, shuningdek yoshlar masalalariga toʻxtalib oʻtdi.
“Ziyolilar millatning ramzi, jamiyat taraqqiyotining tayanchi. Zero, ziyolilar har bir davlatning shaklu shamoyilini fenomen sifatida belgilaydi. Bu esa oʻz oʻrnida bizga yanada masʼuliyat yuklaydi.
Yoshlarining taqdiriga biz masʼulmiz, oʻz oʻrnida ziyolilar qatlamining ham katta qismini yoshlar tashkil etadi.
Keling, fikr yuritsak, dunyoning maʼnaviy-maʼrifiy qiyofasi tobora oʻzgarib boryapti. Yangi-yangi aqidalar ilgari surilmoqda.
Misol uchun “Yevropa halokati” asarida aholining oʻsishi toʻxtagani qayd etiladi. Bu millatning inqiroziga olib kelishi mumkin. Achinarlisi ushbu halokat butun dunyoni xavf ostida qoldirmoqda. Bu esa yoshlar bilan yanada koʻproq shugʻullanish lozimligini koʻrsatadi.
Yaqinda OTM talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan tadqiqotda talabalar xorijga ketishini belgilagan. Demak yoshlarda Vatan tuygʻusi soʻnib bormoqda. Axir inson 100-yil yashasa, 100-yil tarbiyaga ehtiyoj sezadi”, deydi Joʻrayev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring