Insofsiz raqobat sodir etgan korxonalarga jarima qoʻllanildi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida insofsiz raqobat sodir etgan korxonalarga moliyaviy jarima qoʻllanildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yilning avgust oyida Mars, Incorporated kompaniyasi (AQSH) murojaati asosida oʻrganish oʻtkazilgan. Oʻrganish davomida viloyatda faoliyat yurituvchi 2 ta korxona “Agro Bravo” MCHJ va “Sam Komiljon Fayz” MCHJlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan muzqaymoq mahsulotlarida Mars, Incorporated kompaniyasiga tegishli boʻlgan va avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan “Mars”, “Snickers”, “Dove” tovar belgilaridan va unga oʻxshash belgilardan va nomlardan foydalanganligi, buning natijasida insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunining 21-moddasi (xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki ularning manfaatlarini koʻzlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchilarga nisbatan insofsiz raqobatni amalga oshirish) talablari buzilganligi tasdiqlandi.
Oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan korxonalarga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan tegishli tartibda ishlar qoʻzgʻatildi. “Agro Bravo” MCHJ va “Sam Komiljon Fayz” MCHJlarga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi.
Shuningdek, qonun buzilish holatini toʻxtatish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring