Insof – insonning ziynati
Illyustrativ foto
Xalqimiz azal-azaldan bir-biriga suyanchiq, yelkadosh. Xoh yaxshi kun, xoh yomon kun boʻlsin, oʻz yaqinlarini yarim yoʻlda tashlab quymagan. Adolat, toʻgʻrilik, insof kabi fazilatlar bir-biriga yaqin maʼnolarni ifoda etsada, ammo kelib chiqish va asliy maʼnolari jihatidan ushbu soʻzlar oʻrtasida nozik farqlar bor. Insof soʻzi lugʻatda “oʻziga yarmini olib, birovga yarmini berish” maʼnosini anglatadi. Demak, insof faqat oʻzini oʻylamasdan, oʻzgalarning foydasini ham koʻzlash demakdir.
Oʻzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripovning “Qoʻriqxona” sheʼrida shunday satrlar bor:
Insof yoʻqolmasin, oʻrang mustahkam,
To uni yuzsizlik etmasin xarob.
Inson qachonki oʻz foydasini oʻylamay birovlarga beminnat yordam bersa, oʻziga ravo koʻrgan narsani boshqalarga ham ravo koʻrsa insof uning ulugʻ ziynatiga aylanadi. Jamiyatimizda bunday insonlar koʻp: yordam soʻrab borsangiz qoʻlidan kelganicha ogʻiringizni yengil qiladi, sizning foydangizni koʻzlab ish yuritadi
Lekin shunday insonlar ham borki, har qanday vaziyatda oʻz moddiy manfaatini koʻzlaydi. Misol uchun, doʻkondan 1 kilogramm goʻsht olish uchun borasiz. Sotuvchi esa 900-950 gramm qilib oʻlchab beradi. Siz buni yo, bilasiz, yoki bilmaysiz. Bilsangiz ham 50-100 gramm uchun janjallashgingiz kelmaydi. Sotuvchi oʻsha arzimas miqdorlar yigʻindisidan qolgan umumiy miqdorga koʻz tikadi. Shu bilan oʻsha goʻshtdan urib qolgan sotuvchi aslida oʻzini pastga urayotganini, oʻz insofi va vijdonini haqir narsaga almashtirayotganini farqlamaydi.
Bugun bozorlarimizda non, shakar va boshqa mahsulotlar narxi biroz koʻtarilganini bahona qilib, baʼzi sotuvchilar narxni sunʼiy oshirishga sababchi boʻlmoqdalar. Bu holatda savdogar besh-toʻrt soʻm koʻproq pul topar, lekin topgani insof mezonlariga toʻgʻri kelmasligini oʻylab koʻrishsa yaxshi boʻlardi. Zotan, xalqimizda “Insofi borning barakasi bor” degan gap bejiz aytilmagan.
Aslida insof halollik, toʻgʻrilik, adolatlilik kabi xislatlarning asosini tashkil etadi. Qachonki, halol mehnat qilsak, jamiyatga foydam tegyaptimi deya, fikrlasak va shunga intilsak, nur ustiga nur boʻlar edi.
Nozima GʻAFUROVA, OʻzDJTU talabasi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring