Inoue, menga jang manzilining lokatsiyasini tashla! – Murodjon Ahmadaliyev
Yengil vazn toifasida sobiq IBF va WBA chempioni Murodjon Ahmadaliyev oʻtgan aprel oyida Marlon Tapalesga kamarini boy berganidan soʻng, soʻzsiz chempionlik unvoni uchun Naoya Inoue bilan jang qilmoqchi. Biroq “The Ring” reytingida 3-oʻrinni egallab turgan Ahmadaliyevga qarshi jangga Yaponiya vakili rozilik bermayapti.
“The Ring TV” Ahmadaliyevni Inoue uchun Tapalesdan koʻra kuchliroq raqib ekanligini taxmin qilishmoqda. Murodjon Inoue u bilan jang qilishdan qochayotgani, sentyabr oyida Ti Djey Doxeni, keyin esa IBF majburiy himoyasida Sem Gudman bilan jang qilmoqchi ekanligidan noroziligini bildirib keladi.
Ahmadaliyevning taʼkidlashicha, u divizionning eng yaxshi jangchilaridan biri sifatida Inouega qarshi jang qilish imkoniyatiga loyiq, ayniqsa uning VBA yoʻnalishi boʻyicha majburiy daʼvogar sifatidagi maqomini hisobga olgan holda bu jang muqarrar deb, hisoblaydi.
Xususan, Murodjon Inoue ga murojaatida shunday dedi: “Inoue, vaqt keldi. Menga manzilni ayt. Qoʻrqma. AQSHda boʻladimi, Yaponiyada boʻladimi, istalgan vazn, istalgan vaqtda boʻladimi, menga farqi yoʻq. Tayyorman”.
Ahmadaliyevning menejeri Vadim Kornilov esa Inoue uning mijoziga qarshi emas, balki osonroq raqiblar izlayotgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Kornilovning taʼkidlashicha, Axmadaliyev oʻzining tajribasiga qaramay, hozirda divizionda asosiy daʼvogar hisoblanmaydigan Doxeniga qaraganda jangga munosibroq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalar namoyishi
- Surxondaryolik olimlar yangi boʻyoq turini yaratishdi
- Insoniyat yangi rekordni qayd etdi
- Toshkentda O‘zbekiston va Turkiyaning uchta vazirlik va idoralari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
- 23 kun: Toshkentdagi ayrim koʻchalarda transport harakati qisman cheklanadi
- Quvayt elchisi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring