Indoneziyada Imom Buxoriy nomidagi masjid ochildi
Masjid Oʻzbekistonning Indoneziyadagi Turizm elchisi Eko Shri Margianti tashabbusi bilan barpo qilingan boʻlib, masjid Gunadarma universiteti arxitektor talabalari tomonida loyihalashtirilgan.
Mazkur masjid ochilishida Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov onlayn tarzda nutq soʻzlab, Indoneziya musulmonlari tomonidan ulugʻ muhaddis Imom al Buxoriyning nomlariga masjid barpo qilinishi ikki xalq oʻrtasidagi birodarlik aloqalarini yana-da mustahkamlashini eʼtirof etdi.
Masjid ochilishida Oʻzbekistonning Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ulugʻbek Rozikulov tabrik soʻzi bilan ishtirok etdi hamda masjid uchun esdalik sovgʻalari hadya etdi.
Ushbu masjidning qiziq jihati shundaki, masjidni barpo etishda yurtimizda mavjud arxitektura yechimlari asosida barpo etildi. Masjid naqshlari Shohi Zinda ziyoratgohidan andoza olingan boʻlsa, masjid gʻishtlarini terishda Buxorodagi Poyi Kalon masjidiga oʻxshash tarzda yondashilgan. Masjidning old tarafida Xasti Imom masjidida mavjud minoralar kabi ikki minora qad rostlagan. Ushbu masjidning ochilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-6165-sonli Farmoni doirasida Indoneziyada Oʻzbekistonning boy islomiy merosini targʻib qilishga xizmat qilishi mumkin.
Jakartadagi Istiqlol muzeyi eksperti, xattot masjid ochilishi haqida oʻz fikrini bildirdi:
— Oʻzbekistonga qaynoq mehrli salomlarim boʻlsin. Hozir men yangi ochilgan Imom Buxori masjidi qarshisida turibman.
Masjidni Professor Margianti ochib berdilar. Masjid gʻoyasi va dizayni bizning Oʻzbekistonga tashriflarimiz natijasida yuzaga keldi. Buni masjiddagi turli xil uslublar Oʻzbekistonning turli shaharlaridagi binolarga oʻxshashi orqali koʻrish mumkin. Bu bino ikki mamlakat doʻstligi ramzi va Oʻzbekistonning kichik boʻlagi boʻlib xizmat qiladi.
Bu yerga kelgan ziyoratchilar Oʻzbekiston madaniy merosidan bahramand boʻlishlari mumkin va barchamiz uchun aziz boʻlgan Imom al Buxoriy haqlariga duo qilib, ularga boʻlgan hurmatimizni izhor qilishimizga imkon yaratadi. Oʻzbekiston va Indoneziya xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik yana ham mustahkam boʻlsin!»
Shuningdek, Indoneziya Respublikasida ziyorat turizmini targʻib qilish borasida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Musulmonlar idorasi, Islom akademiyasi va Islom sivilizatsiya markazi va ziyorat turizm elchisi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring