Imzolangan hujjatlar atom energiyasidan xavfsiz va samarali foydalanishni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi
Foto: Yunus Bo‘riyev, Haqberdi Asqarov / «Xalq so‘zi»
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish va uni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiyaning yalpi sessiyasi doirasida atom energetikasini rivojlantirish bilan bog‘liq asosiy masalalar muhokama qilindi.
Forum ishtirokchilari eng dolzarb jihatlarni ko‘rib chiqdilar. Jumladan, kichik modulli reaktorlar kabi ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, kichik atom elektr stansiyalarini qurish istiqbollari muhokama qilindi.
Sessiya ushbu sohaning etakchi mutaxassislari va ishtirokchilarini birlashtirdi, bu esa fikr almashish va barqaror rivojlanishga erishish uchun atom energiyasidan samarali va xavfsiz foydalanish g‘oyasini ilgari surishga yordam berdi.

Xususan, XAEA Bosh direktori Rafael Grossi atom energetikasini rivojlantirish tashabbuslari va strategiyalarining global sharhini taqdim etdi. O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov esa O‘zbekistonda atom energetikasining milliy dasturlari va istiqbollarini muhokama qildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi atom energiyasi agentligi direktori Azim Ahmedxajayev mamlakatning ushbu sohadagi tajribasi va joriy loyihalari bilan o‘rtoqlashdi.

Yalpi sessiyasidan so‘ng atom energetikasi sohasida xalqaro hamkorlik va bilim almashish istagini bildiruvchi muhim hujjatlar ro‘yxati imzolandi.
Ushbu hujjatlar Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shib, atom energiyasidan xavfsiz va samarali foydalanishni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

Anjuman doirasida shuningdek, kunning birinchi yarmida Xalqaro atom energiyasi agentligi Bosh direktori Rafael Grossi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxajayev ishtiroklarida brifing bo‘lib o‘tdi.















Abdulaziz YO‘LDOSHYeV
(Xalq so‘zi)
Foto: Yunus Bo‘riyev, Haqberdi Asqarov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring