Imtiyozli temiryoʻl chiptasini bekatga bormay sotib olish mumkin boʻladi – Qonun loyihasi

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan temir yoʻl transporti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.
“Qonun loyihasi bilan, sogʻlom raqobat muhitini yaratish, sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, temir yoʻl transportini monopoliyadan chiqarish maqsadida tashuvchi va vagonlar, (konteynerlar) operatori huquq va majburiyatlari belgilab berilmoqda”, deyiladi xabarda.
Mazkur qonun loyihasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularni yoʻlovchi poyezdlarda yurish imkoniyatini yaratish maqsadida temir yoʻl transportida yoʻlovchilarning imtiyozli yurishi, huquq va majburiyatlari ham belgilanmoqda. Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar chiptalarni imtiyoz bilan onlayn xarid qilishlari mumkin boʻladi. Qayd etish kerakki, avval imtiyozli chiptalarni sotib olish uchun fuqarolar kassaga borishlari zarur edi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu qonun loyihasi bilan temir yoʻl transportida yoʻlovchi tashish sohasini yanada rivojlantirish, ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikning huquqiy asoslarini yaratish, investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish hamda yoʻlovchilarga yuqori darajada xizmat koʻrsatilishini taʼminlash imkoniyatlarini oshirishda nodavlat sektori ishtirokini ragʻbatlantirish maqsadida temir yoʻlda davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi.
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari davlat tasarrufida qoldiriladi, shunga qaramasdan, vokzallar va vagonlar davlat-xususiy sheriklik shartnomalari asosida qurish, modernizatsiya qilish va boshqarish uchun xususiy sherikka berilishi mumkin boʻladi.
Majlisda “fuqarolarning temir yoʻl transportida harakatlanishida sifat darajasini oshirish, narxni tushirish, yoʻlovchi va yuklarni xavfsiz tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, temir yoʻl transporti hamda xalqaro tashuvlar sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirish” ushbu qonundan oʻrin oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring