Imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Urganch koʻmir ombori mudiri M.N. va boshqalar aholiga imtiyozli narxda koʻmir yetkazib berilganligini toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, 678,5 tonna koʻmirni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Nukus shahri, Toʻrtkoʻl, Amudaryo va Qoʻngʻirot tumanlari boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Koʻmir taʼminot” MCHJning yuqoridagi shahar va tuman omborxonasi masʼul shaxslari aholiga imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan jami 435,5 tonna koʻmirni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Qiziltepa koʻmir ombori masʼul shaxslari 156,3 tonna koʻmirni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring