Ilon Mask Ramzan Qodirovning “Cybertruck” elektromobilini “oʻchirib qoʻydi”
Foto: Videodan kadr
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Cybertruck” elektromobili Ilon Mask tomonidan oʻchirib qoʻyilganini aytdi. Bu haqda u oʻz Telegram kanalida maʼlum qildi.
Qodirovga koʻra, yaqinda “Tesla” kompaniyasidan olgan “Cybertruck” elektromobili ishdan chiqib qolgan va uni manzilga olib kelish uchun shatakka olishga toʻgʻri kelgan. U mashinani kompaniya asoschisi Ilon Mask masofadan turib oʻchirib qoʻyganini iddao qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Qodirov joriy yilning avgust oyida “Cybertruck” haqida maqtanib, uni Ilon Maskning sovgʻasi ekanini aytgandi. Biroq Mask bu xabarni rad etib, Qodirovga hech qanday sovgʻa bermaganini aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring