Ilm-fanga nomaʼlum boʻlgan tiranozavr qoldiqlari muzeydagi eski qutidan topildi
Saltilyo shahridagi Meksika choʻl muzeyida olimlar eski qutichada tiranozavrning ilgari nomaʼlum turiga tegishli qoldiqlarni uchratishdi. Bu kashfiyot hozirgi Meksikaning qadimiy tarixini va Ti-reksning yashash joyini aniqlashda koʻmak berishi mumkin.
Dinozavr qoldiqlari 2000-yilda paleontolog Marta Karolina Agilyon tomonidan topilganidan keyin muzeyda saqlangan. 20-yildan koʻproq vaqt oʻtgach, uning hamkasbi Nik Longrich va bir guruh tadqiqotchilar uni tekshirishga qaror qilishdi va ularga omad kulib boqdi. Boisi topilma oddiy zaxira koʻrgazma emas, balki qimmatbaho boʻlib chiqdi. U mintaqada yashagan dinozavr turlarining tarixiga oydinlik kiritishi mumkin.
Ilgari, tiranozavr 1974-yilda Meksikada topilgan. Tiranozavrlar Shimoliy Amerika sudralib yuruvchilar turi hisoblanadi. Ularning aksariyati hozirgi Kanada va Montanada, yirik Ti-reks turlari esa asosan Montana va Vayomingda topilgan. Soʻnggi ikki oʻn yilliklar ichida tiranozavrlarning bir nechta turlari janubda, masalan, Yuta va Nyu-Meksikoda aniqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring