Ilm-fanda katta yangilik: ochlik hissini “oʻchirib qoʻyadigan tugma” topildi

Olimlar yangi turdagi BNC2 neyronlarini kashf qilishdi. Ular ochlikka qarshi tezkor kurashish mexanizmi sifatida faoliyat koʻrsatadi. Bu neyronlar ochlik neyronlarini tezkorlik bilan toʻxtatib, organizmda toʻqlik signalini yetkazadi. Tadqiqot natijalari “Nature” jurnalida eʼlon qilingan boʻlib, semizlik va metabolik kasalliklarni davolash uchun yangi yechimlarni taklif etadi. Olimlar bu kashfiyotni “ovqatlanishni boshqarishda yangi qadam” sifatida baholamoqda.
Odatda, inson miyasining gipotalamus qismida ochlik va toʻqlikka javob beradigan ikki asosiy neyron mavjud: AGRP neyronlari ochlikni ragʻbatlantirsa, POMC neyronlari toʻqlik hissini qoʻzgʻatadi. Shunga qaramasdan, tadqiqotchilar POMC neyronlari tezkor reaksiya berishga yetarli emasligini aniqlashdi. Bu muammoni hal etish uchun BNC2 neyronlari ochlikka tezkor javob berish mexanizmlari bilan kashf etildi. Bu neyronlar leptin gormoni taʼsirida faoliyat koʻrsatadi va ochlik hissini tezda “oʻchirib qoʻyadi”.
BNC2 neyronlari nafaqat ochlikni toʻxtatadi, balki ochlik bilan bogʻliq noxush hislardan ham xalos qiladi. Ushbu neyronlar gipotalamusdagi AGRP neyronlarini tezkorlik bilan toʻxtata oladi. Olimlarning aytishicha, bu kashfiyot leptin gormonining ishlash mexanizmlarini tubdan yangilaydi. Natijada, ovqatlanish sikllari har xil vaqt shkalasida qanday boshqarilishini yaxshiroq tushunish imkoni paydo boʻldi.
BNC2 neyronlarining topilishi semizlik va metabolik kasalliklarga qarshi kurashda yangi istiqbollarni ochadi. Olimlar ushbu neyronlarning faoliyatini stimulyatsiya qilish yoki toʻxtatish orqali glyukoza va insulin darajalariga taʼsir oʻrganilyapti. Genetik tadqiqotlar BNC2 neyronlarining semizlik va diabet xavfi bilan bogʻliqligini koʻrsatdi. Bu kasalliklarni davolashda yangi terapevtik usullarni ishlab chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
BNC2 neyronlari ochlikni boshqarishga qanday taʼsir koʻrsatsa, boshqa xulqlar, masalan, uyqu yoki gigiyenik harakatlarni ham boshqaruvchi shu kabi mexanizmlar boʻlishi mumkin. Olimlar miyaning bunday instinktiv faoliyatlarni qanday muvofiqlashtirishini oʻrganishmoqda. Bu tadqiqot miyadagi boshqa nevrologik sikllarni aniqlash uchun asos yaratadi. Bunday kashfiyotlar insoniyatning miyani tushunishda yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadi.
Tadqiqotchilar BNC2 va AGRP neyronlarini ovqatlanish sikllarining “in va yan”i sifatida taʼriflashmoqda. Ushbu neyronlar ovqatlanishga boʻlgan fiziologik talablarni muvozanatlashtirishda asosiy rol oʻynaydi. Olimlar ushbu neyronlarning faoliyatini yanada chuqurroq oʻrganishni rejalashtiryapti. Bu inson salomatligi va turmush sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring