Ilk bor oʻzbekistonlik oʻquvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida gʻalaba qozondi
Toʻrt nafar iqtidorli oʻquvchimiz Vengriyaning Seged shahrida boʻlib oʻtgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Olimpiada natijalariga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qoʻlga kiritdi.
Gʻolib oʻquvchilarimiz bilan tanishing:
Dilyorbek Valijonov-Andijon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi;
Dilshodbek Xoʻjayev -Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi.
Aytish joizki, joriy yilda mazkur Xalqaro olimpiadaga Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yuqori darajada tayyorgarlik koʻrildi.
Ilk bor terma jamoa aʼzolarini tayyorlash uchun xalqaro trener jalb qilindi. Informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka tomonidan 10 kun davomida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida oʻquvchilarni tayyorladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq bronza medalini qoʻlga kiritgan oʻquvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln soʻm), ustozi 150 baravar (49,5 mln soʻm) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada gʻoliblari OTMlarga grant asosida oʻqishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritadigan boʻlsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.
Maʼlumot oʻrnida joriy yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada oʻquvchilarimiz 13 ta medalni qoʻlga kiritdilar. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi koʻrsatkich.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring