Ilk bor oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni oʻtkazilmoqda
Ilk marotaba oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari tashkil etilmoqda. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari tashkil etiladi. Imtihonlar A1, A2 va B1 darajalari boʻyicha oʻtkaziladi hamda nomzodlarga oʻzbek tilini bilish darajasini belgilangan mezonlar asosida rasmiy tasdiqlash imkonini beradi.
Bugun, 1-mart kunidan imtihonda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish jarayoni boshlangan va 15-mart kuniga qadar davom etadi. Imtihon 18-mart kuni, soat 10:00 da oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Imtihonga roʻyxatdan oʻtish “uzpro.uzbmb.uz” rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring