“Ilhom” mukofoti respublika tanlovi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi
Adiblar xiyobonida “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining sovrindorlarini aniqlash va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tanlov shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida OTMda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Tanlovda 1-oʻringa Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti Akrom Malikov munosib topildi. U “Spark” yengil avtomobili bilan taqdirlandi.

2-oʻringa Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasi loyiq koʻrilib, 30 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
3-oʻrinni Fargʻona davlat universiteti talabasi Qobiljon Shermatov hamda Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti Malika Palimbetova qoʻlga kiritdi. Ular 15 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvohidov hamda Bosh vazir oʻrinbosari B.Musayev topshirdi.
Tanlov gʻoliblariga maxsus diplom va statuetkalar topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring