“Ilhaq” filmi Belarusdagi xalqaro kinofestivalda 2 ta eng yirik mukofotni qoʻlga kiritdi

«Listapad» xalqaro Minsk kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmi kinofestivalning ikkita sovrini bilan, Muhammadali Iskandarovning “Men terrorchi emasman” filmi esa kinofestival hayʼat aʼzolarining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
“Ilhaq” filmi kinofestivalning “Gran-pri” hamda Belarus Respublikasi Prezidentining “Kinoda maʼnaviyat va insonparvarlik gʻoyalari uchun” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
“Soʻnggi yillar oʻzbek filmlari yuksak mukofotlarni olayotgani tahsinga loyiq. Bularning barchasi muhtaram prezidentimizning kinoga eʼtiboridan dalolat. «Ilhaq” filmining gʻoyasi ham yurtboshimizga tegishli» deydi Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov
Shuningdek, «Listapad» xalqaro kinofestivalida Muhammadali Iskandarovning “Osiyo arsloni” («Aziatskiy lev») hamda Akbar Bekturdiyevning «Uzbechka» (“Oʻzbek qizi”) yangi kinoloyihalari Kinematografiya agentligi hamda «Belarusfilm» milliy kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olish boʻyicha kelishuvlar olib borildi. Filmlarning bir qismi Belarus hududida suratga olinishi koʻzda tutilgan.
Oʻzbek filmlari soʻnggi oyda qoʻlga kiritgan 6 xalqaro darajadagi mukofotni qoʻlga kiritdi. Avvalroq, 8-12-noyabr kunlari Turkiyada boʻlib oʻtgan «Korkut Ata» xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Tutqunlik” hamda “Xalq jasorati” filmlari ham sovrinlarni qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari ham muntazam ravishda turli kinofestivallarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelmoqda.
«Listapad» xalqaro Minsk kinofestivali Kinoprodyuserlar assotsiatsiyasining xalqaro federatsiyasi (FIAPF) roʻyxatidan oʻtgan boʻlib, unda Boltiqboʻyi mamlakatlari, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlarining sara filmlari ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring