Ikkita viloyatda Tojikistondan qariyb 26 kg giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

12:57 29 Iyun 2024 Jamiyat
1037 0

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida Tojikistondan olib kelingan jami 25,8 kg. “gashishgiyohvandlik vositasi musodara qilindi, deb xabar bermoqda DXX.

Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda, tojikistonlik narkosavdogar aylanma yoʻllar orqali yuborgan 11 kg. 942 gr. “gashishmoddasini qabul qilib olib, Shoʻrchi tumanidagi toʻyxona yaqinida joylashgan simyogʻoch ostiga yashirib ketmoqchi boʻlgan vaqtida 25 yoshli 2 nafar (oʻzaro qarindosh) mahalliy fuqaro qoʻlga olingan.

Shuningdek, ular ajal ogʻusini belgilangan joyga qoldirib ketganlaridan soʻng, uni boshqa shaxs olib ketishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan va giyohvandlik vositasini xufiya joydan olish uchun kelgan Uzun tumanida yashovchi 37 yoshli fuqaro ham ushlangan.

Shu tariqa oʻzbek-tojik davlat chegarasining Shoʻrchi yoʻnalishidagi narkokanal faoliyatiga chek qoʻyildi”, deyiladi xabarda.

DXXning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Qoʻqon-Fargʻona yoʻnalishida harakatlanayotganTrackerrusumli avtotransport vositasi Bogʻdod tumanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, unda Fargʻona shahrida yashovchi, 1974 va 1988-yillarda tugʻilgan 3 nafar shaxs 11 kg. 966 gr. “gashishmoddasini olib ketayotganliklari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, ularni boshqa avtomashinada kuzatib borayotgan va giyohvandlik vositasining haqiqiy egasi boʻlgan, Fargʻona shahrida yashovchi, 34 va 31 yoshli er-xotin ham qoʻlga olindi.

Taʼkidlanishicha, mazkur er-xotin muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyatlari uchun sudlangan boʻlgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ular Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan ajal ogʻusini Qoʻqon shahrida yashovchi, 38 yoshli ayoldan sotib olganliklari aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.

Boshqa holatda esa Qoʻqon-Margʻilon yoʻnalishida harakatlanayotganNexiarusumli avtotransport vositasi Qoʻshtepa tumani hududida toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Qoʻqon shahrida yashovchi, 27 yoshli ayolga tegishli 1 kg. 941 gr. “gashishmoddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Tojikistondan keltirilgan mazkur giyohvandlik vositasi ham yuqoridagi holatda koʻrsatilgan, yaʼni Qoʻqon shahrida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan ayolga tegishli boʻlib, uni Margʻilon shahriga sotish uchun olib ketayotgan boʻlgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?