Ikkinchi mutaxassislikka qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlashga imkon berildi

11:56 14 Avgust 2025 Jamiyat
192 0

Illyustrativ foto

Ikkinchi oliy taʼlimga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmoqda, deb xabar berdi Oliy taʼlim vazirligi.

Maʼlum qilinishicha, 2025/26-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga qabul boʻyicha vazirlikning my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqilgan. Ammo ayrim arizalar kamchiligi boʻlganligi sababli rad etilgan.

Taʼkidlanishicha, rad etilgan arizalarni 14-15-avgust kunlari tahrirlash imkoniyati beriladi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklari bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Vazirlik roʻyxatdan oʻtgan barcha talabgorlardan oʻzlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining koʻrib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?