Ikki ulugʻ siymoning ilmiy-madaniy merosi
Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi.
Keyingi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganish, uning oʻlmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, shoir tugʻilgan qutlugʻ 9-fevral sanasini har yili adabiyot va maʼrifat bayrami sifatida yuksak darajada nishonlash anʼanasi qaror topdi. Ulugʻ soʻz sanʼatkorining asarlari muntazam nashr etilib, navoiyshunoslik sohasida koʻplab tadqiqotlar olib borilmoqda, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar oʻtkazilmoqda.
Shu bilan birga, Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga, yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Ikki ulugʻ siymo tavallud kunlari munosabati bilan poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 269-sonli maktabda “Ikki buyuk siymo” mavzuida maʼnaviy tadbir tashkil qilindi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda ulugʻ ajdodlarimizga nisbatan munosabat har qachongidan ham yuksak bosqichga koʻtarilgani, ularning maʼnaviy-maʼrifiy merosini oʻrganishga boʻlgan eʼtibor tubdan kuchaydi. Xususan, bugungi kunda buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini chuqur oʻrganish, ularning ilmiy-madaniy merosini asrab-avaylash hamda keng ommalashtirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi.
Qayd etilganidek, mamlakatimiz Prezidentimizning 2020-yil 19-oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini chuqur oʻrganish, uning oʻlmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining joriy yil 25-yanvardagi “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, unga koʻra, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi Boburning ilmiy-ijodiy merosini, davlatchilik faoliyatini keng oʻrganish, xalqaro miqyosda ilmiy izlanishlar olib borish, uning nomi bilan bogʻliq obida va yodgorlik majmualarini taʼmirlash borasida tizimli ishlar qilinmoqda.
Taʼkidlanganidek, Navoiyning asarlarida davlatchilik asoslari, inson huquqi masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, farovon jamiyat, adolatli boshqaruv gʻoyalari aks etgan. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida saltanatni idora etishda xalq xohish-irodasini inobatga olish, ularning manfaatlarini koʻzlab ish tutish bosh gʻoya sifatida oʻrin olgan.
Maʼnaviy tadbirda oʻquvchilar tomonidan Bobur shaxsi va uning insoniylik, vatanparvarlik xususiyatlari haqida maʼlumotlar berilib, uning buyuk salohiyati, dilbar shaxs sifatidagi xususiyatlari ochib berildi. Shu bilan birga, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan olingan parchalar sahnalashtirildi. Ular hayotidan lavhalar tayyorlanib, gʻazallaridan parchalar oʻqildi.
Aytish joizki, buyuk ajdodlarimiz nafaqat ilmiy-ijodiy balki, milliy davlatchilik va adolatli jamiyat barpo etish borasidagi faoliyati bilan ham jahon tarixida oʻchmas iz qoldirgan, desak, ayni haqiqat.
Nodira Masharipova,
Sergeli tumanidagi 269-umumtaʼlim maktabining Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring