Ikki oy ichida birinchi marotaba Rossiya dronlari Kiyevga hujum uyushtirishga muvaffaq boʻldi. Ukraina qanday himoyalandi?

11:39 14 Noyabr 2024 Dunyo
249 0

Foto: Newsweek

Rossiya ikki oydan koʻproq vaqt ichida birinchi marotaba Kiyevga raketa va dron hujumini amalga oshirdi. Poytaxt harbiy maʼmuriyati rahbari Sergey Popkoga koʻra, bir nechta qanotli va ballistik raketalar, shuningdek, oʻnga yaqin dronlar muvaffaqiyatli yoʻq qilindi, ammo zararning toʻliq hajmi hali baholanmoqda. Bu haqda “Newsweek” xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, bu hujum Rossiya kuchlarining Kiyevga nisbatan taktikasida yangi bosqichga oʻtganini anglatadi. Rossiya shaharni murakkab qurollar bilan nishonga olishni boshlagan boʻlib, bu Ukraina havo mudofaa tizimiga yanada katta bosim oʻtkazadi. Fuqarolik va sanoat obyektlariga qaratilgan bunday hujumlar vayronkor oqibatlarga olib kelmoqda.

Favqulodda xizmatlar xabar berishicha, ushbu hujum oqibatida Brovari tumanida 48 yoshli erkak jarohat olgani maʼlum qilingan. Qolaversa, urib tushirilgan raketa va dronlarning parchalari bir omborda yongʻin chiqishiga olib kelgan.

Ukrainaning mudofaa tizimlari havo hujumlariga qarshi kurashda yaxshi natija koʻrsatayotganini inkor etib boʻlmaydi. Shunga qaramay, mutasaddilar doimiy raketa va dron hujumlari shahar infratuzilmasi uchun xavf tugʻdirishi mumkinligini aytmoqda. Shahar havo mudofaa tizimlariga tushayotgan yuk ortib borayotgani, bu esa poytaxtning holdan toyishiga sabab boʻlishi mumkin.

Oxirgi hujum va Rossiya tomonidan davom etayotgan bombardimonlarga javoban Kiyev hukumati kun davomida elektr energiyasi isteʼmolini, ayniqsa, biznes va sanoat uchun cheklashga qaror qildi. Popko bu cheklovlarni energiya taqchilligi va milliy energiya tarmogʻiga yetkazilgan zarar sababli kiritilganini maʼlum qildi.

Ukraina energetika tizimi Rossiyaning hujumlari sababli koʻp marotaba elektr taʼminoti uzilishi bilan yuzma-yuz keldi. Rossiya ushbu strategiyani aholi hayotini buzish, shuningdek, sanoat va harbiy operatsiyalarni izdan chiqarish uchun qoʻllamoqda. Bu holat, ayniqsa, qishda aholining energiya taʼminoti uchun katta qiyinchiliklar tugʻdirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер