Ikki hududda psixotrop moddalar savdosi toʻxtatib qolindi
Toshkent viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Namangan-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “CAPTIVA” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan.
Aniqlanishicha, fuqarolar U.I. va X.S. (muqaddam sudlangan) xorijda ishlab chiqarilgan 445 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Qibray tumani boʻlimi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham fosh qilingan.
Unga koʻra, fuqaro S.R.ning yonidan 37 dona kapsuladagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topilib, tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring