Ikki hududda imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi
Illyustrativ foto
Andijon va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Andijon shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.T. va X.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki hududiy tijorat banki Andijon filialida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 300 million soʻm imtiyozli kredit rasmiylashtirib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.E. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga Olmaliq shahridagi tijorat banklarining biridan 150 million soʻm imtiyozli kredit olib berishi evaziga 1 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq Fargʻona viloyatida savdo doʻkoni qurish uchun yer maydoni va ruxsatnoma olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring