Ikki deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi
Foto: “Fargʻona haqiqati” gazetasi
Shu yilning 15 mart kuni viloyat hokimligi kichik majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq uchinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi, deb yozadi “Fargʻona haqiqati” gazetasi.
Sessiyani viloyat hokimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Shuhrat Gʻaniyev olib bordi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan deputatlar tomonidan Fargʻona politexnika instituti rektori Oybek Otaqulov va viloyat “Sirdaryo – Soʻx” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi sobiq boshligʻi Aʼzamjon Rahmatullayevlarning deputatlik vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari tasdiqlandi.
Shuningdek, sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018 yil 25 maydagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 19, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori qabul qilindi.
Sessiyada xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining doimiy komissiyalari tarkibi tasdiqlandi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi qirq uchinchi sessiyasida Oʻzbekiston tumani hududida mahalla fuqarolar yigʻinlarini tashkil etishga oid masalasi ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring