Ikki amerikalik kosmosda qolib ketdi. Ularni kim Yerga qaytaradi?
Amerikalik astronavtlar Barri Uilmor va Sunita Uilyams “Boeing Starliner” kapsulasida koinotda qolib ketishdi. Xalqaro kosmik stansiyaga biriktirilgan kosmik kema texnik muammolarga duch kelgan. Bu haqda Britaniyaning “Guardian” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, dastlab missiya sakkiz kunlik boʻlgan, ammo astronavtlar kosmik kapsulada deyarli bir oydan beri yashashga majbur boʻlishmoqda. “Boeing” fazogirlarni qaytarish uchun tayyorlagan ikkita missiyasini bekor qilib, jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlishmoqda.
Ushbu qutqaruv rejasining kechiktirilganiga qaramay, “Boeing” astronavtlar xavf ostida emasligi va yetarli taʼminotga ega ekanligiga ishontirmoqda. Kompaniya vaziyatni oʻz nazorati ostida ekanligini aytmoqda. Ammo ayrim manbalar kosmosdagi xodimlarning “hech vaqosi” yoʻqligini iddao qilishgan.
Maʼlum boʻlishicha, 5-iyun kuni Florida shtatidan uchirilgan “Starliner” missiyasi havoga koʻtarilishidan oldin ham muammolarga duch kelgan. Biroq “Boeing” mazkur parvozni bekor qilishni istamagan. NASAning bayonot berishicha, agar favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, kosmik kema xavfsiz tarzda uzilib, qaytib kelishi mumkin. Kerak boʻlsa, astronavtlar Yerga “SpaceX”ning XKSga qoʻyilgan “Dragon” kosmik kemasida qaytishlari mumkin.
Hozircha qanday choralar koʻrilishi borasida aniq “yoʻl xaritasi” mavjud emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring