Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga yangi direktor tayinlandi
Foto: MMTV
Davlat rahbarining tegishli qarori bilan Shokirova Sevara Bahodirovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Sevara Shokirova uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan, xususan, 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor oʻrinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshligʻi vazifasida ish olib borgan. Mazkur tayinlovga qadar esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shokirov Hasan Rustamovich Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Hasan Shokirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida masʼul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan. U ushbu tayinlovga qadar “Yangi Oʻzbekiston” universiteti moliyaviy va maʼmuriy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring