IIV akademiyasining magistratura bosqichi tinglovchisi Sirdaryo viloyati IIBsiga yangi boshliq boʻldi
Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga podpolkovnik Haydarov Farrux Ubaydullayevich tayinlandi. U ushbu lavozimga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining magistratura bosqichi tinglovchisi sifatida tahsil olib kelgan.
Farrux Haydarov 1983-yilda Qozogʻiston Respublikasida tavallud topgan. 2004-yilda IIV Akademiyasini tamomlagan.
Tayinlov munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimi, xalq deputatlari Kengashi aʼzolari, hamkor tashkilotlarning masʼul xodimlari, shahar va tuman jamoatchilik faollari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan Farrux Haydarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga rasmiy ravishda tasdiqlandi.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika miqyosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini kuchaytirish boʻyicha qabul qilgan qarorining ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Sohaga oid berilgan topshiriqlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi.
Shuningdek, viloyat hududida sodir etilayotgan jinoyatchilik tahlili oʻtkazilib, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Har bir shahar va tuman IIB boshliqlariga mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududlarga aylantirish, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring