III parlamentlararo forumida yoshlar bandligi va raqamli xavfsizlik masalalari muhokama qilindi

Bishkek shahrida boʻlib oʻtayotgan “Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari: mintaqani har tomonlama rivojlantirish boʻyicha samarali yechimlar” mavzusidagi III parlamentlararo forumda yoshlar bandligini taʼminlash hamda sunʼiy intellekt sohasida huquqiy bazani takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Forumda yoshlar bandligini taʼminlash, mehnat bozorida teng imkoniyatlarni yaratish, taʼlim va kasbga yoʻnaltirish tizimini yanada takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, raqamli suverenitet, kiberxavfsizlik, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, Internetdagi tahdidlardan yoshlarni asrash borasida qoʻshma harakatlarni kuchaytirishga doir takliflar bildirildi.
Muhokama davomida sunʼiy intellekt texnologiyalarining davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalaridagi oʻrni va imkoniyatlari haqida ham fikr almashildi.
Taʼkidlanganidek, sunʼiy intellekt bilan bogʻliq huquqiy bazani shakllantirish, inson huquqlari va axloqiy meʼyorlar bilan uygʻunlashgan qonunlarni qabul qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Qator davlatlar bu borada amaliy qadamlarni boshlagan boʻlib, mintaqaviy hamkorlik orqali mazkur sohadagi tajriba almashuvi muhim ahamiyatga ega.
Forum yakuni boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlarining parlamentlararo hamkorligi va tashabbuslarining yoʻnalishlari belgilab berilgan Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring