IIBB Jahongir Otajonov ustidan sudga murojaat qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jahongir Otajonov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Qayd etilishicha, J.Otajanovning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, u yuqoridagi videomurojaatida aytib oʻtgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganligini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yoʻqligini taʼkidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
J.Otajanovning qilmishida Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (“Haqorat qilish”)da koʻrsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli toʻplangan hujjatlar 23.07.2021-yilda jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring