Ichki ishlar vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

18:40 11 Mart 2025 Jamiyat
247 0

Foto: IIV

Polkovnik Rahmatullayev Ayubxon Toshxoʻjayevich Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligida mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish masalalarini takomillashtirishga qaratilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan tezkor yigʻilish oʻtkazilgan.

Tadbirda Prezident Administratsiyasining masʼullari, Ichki ishlar vazirligi hamda sohaviy xizmatlarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlari hamda Ichki ishlar organlarining boshliqlari ishtirok etgan.

Yigʻilishda tashkiliy masalalar koʻrilgan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Andijon viloyati IIB boshligʻi lavozimini egallab kelgan polkovnik Ayubxon Toshxoʻjayevich Rahmatullayev Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, davlat rahbarining tegishli farmoyishi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulugʻbek Shuhratovich Toshxoʻjayev tayinlangan.

Foto: IIV

Yigʻilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi taʼminlash hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan vazifalarning ijrosi, kadrlar bilan ishlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash yoʻnalishlarida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy koʻrib chiqilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan.

Bundan tashqari, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, ularni himoya qilish yoʻnalishini takomillashtirish masalalariga eʼtibor qaratilgan. Kun tartibidagi masalalar boʻyicha soha masʼullarining taklif va mulohazalari tinglanib, yangi tayinlangan rahbarlarga tegishli topshiriqlar berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер