Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
Foto: IIV
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Bekmurod Abdullayev 2021-yil aprel oyidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi. Unga qadar esa u Milliy gvardiya qoʻmondonining jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, davlat rahbarining farmoyishi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshligʻi Rustam Rahmonovich Tursunov ham egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Rustam Tursunov ushbu lavozimda 2021-yilning fevral oyidan beri ishlab kelayotganga edi. Undan oldin esa Navoiy viloyati IIB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring