Ichki ishlar vaziri fuqarolar uchun qabul o‘tkazdi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan joylarda aholi murojaatlarini o‘rganish, xalq bilan ochiq muloqot o‘rnatish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalarni samarali ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov tomonidan soha mas’ullari ishtirokida fuqarolar uchun shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Tadbir jarayonida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga oid murojaatlari, yechimini kutayotgan muammolari hamda xizmatga (o‘qishga) qabul qilish va qayta tiklanish masalalari bilan bog‘liq shikoyatlari ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida aholidan turli masalalarda 255 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, ularning 233 tasi bevosita ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq, jumladan, 124 tasi ichki ishlar organlariga xizmatga qayta tiklash, 59 tasi surishtiruv va tergov harakatlari bilan bog‘liq muammolar, 25 tasi ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlaridan norozilik, 16 tasi xodimlarning ijtimoiy himoyasiga oid, 7 tasi ichki ishlar organlariga ishga (o‘qishga) kirish hamda 2 tasi mahkumlarning boshqa jazoni ijro etish muassasasiga o‘tkazish masalalaridir.
Shuningdek, qabulda kelib tushgan murojaatlarning 13 tasida hududdagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolar hal etish so‘ralgan. Tadbir jarayonida 4 nafar fuqarodan minnatdorlik mazmunidagi xatlar ham kelib tushgan.
Murojaatlarning 56 tasi ijobiy hal etilib, chuqur o‘rganilishi talab etilayotgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Ta’kidlash joiz, murojaatlarni ko‘rib chiqishda aholining ehtiyojlari va talablariga tayangan holda uzoq vaqtdan buyon yechimini topmayotgan muammolarni hal etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini amalda tiklanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi rahbarlari tomonidan aholi bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar boshqa viloyatlarda ham davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring