Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi

16:06 09 Aprel 2025 Jamiyat
113 0

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sportni ommalashtirish, yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaxshilash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Mazkur tizimli ishlarning uzviy davomi sifatida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida Ichki ishlar vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, hududiy ichki ishlar organlari mas’ullari, voleybol federatsiya mutasaddilari va uning hududiy vakillari, sport faxriylari ishtirok etishdi.

Konferensiyani Sport vaziri Adham Ikramov kirish so‘zi bilan ochib, voleybol sport turini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mamlakatmiz nufuzli musobaqalariga mezbonlik qilayotganligi, eng muhimi voleybol xalqimiz orasida ommalashib borayotganligini e’tirof etib o‘tdi.

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor Toshpo‘latov Aziz Anvarovichning nomzodi O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, federatsiyasi raisi etib saylandi.

Kun tartibiga ko‘ra Voleybol federatsiyasining Andijon, Buxoro, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent shahrining hududiy bo‘limlari raisligiga nomzodlarni saylash taklif etildi.

Ushbu viloyatlar IIBlari boshliqlari va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i bir ovozdan hududiy bo‘limlar raisligiga saylandi.

Shuningdek, mazkur tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalariga tantanali start berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер