Ichki ishlar xodimini pichoqlagan shaxsni qoʻlga olishda ishtirok etgan fuqaro va xodimlar taqdirlandi
Joriy yilning 19-may kuni Yunusobod dehqon bozorida xizmat olib borayotgan PPX inspektori safdor I.Ibragimov oʻzini shubhali tutgan fuqaroni toʻxtatib tekshirmoqchi boʻlganida, u yonidagi oʻtkir tigʻli buyum bilan xodimning hayotiga suiqasd qilib, boʻyin qismiga tan jarohati yetkazgandi.
Shundan soʻng, jinoyatchi voqea joyidan yashirinish maqsadida yaqin atrofda boʻlgan avtobusga qoʻlidagi pichoq bilan chiqib olgan. Hududda xizmat olib borayotgan Patrul-post xizmati xodimlari katta serjant S.Karjanbayev, safdor S.Abzalov va profilaktika inspektori leytenant Oʻ.Normamatovlar zudlik bilan fuqarolar xavfsizligini taʼminlab, avtobusdan yoʻlovchilarni evakuatsiya qilishgan. Soʻng xavfli jinoyatchini maxsus vositalar va jismoniy kuch ishlatish yoʻli bilan zararsizlantirib qoʻlga olishgan.
Jinoyatchini qoʻlga olish jarayoni aks yetgan videotasvirlarda IIO xodimlariga fuqaro Vladimir Avdiyans ham faol yordam berib, oʻzining fuqarolik burchini sidqidildan bajarganligini кoʻrish mumkin.
Mazkur holat Ichki ishlar vazirligi tomonidan alohida eʼtirof etilib, Toshkent shahar IIBBda tantanali ravishda boʻlib oʻtgan tadbirda fuqaro V.Avdiyansga “Ichki ishlar vazirligining minnatdorchiligi” eʼlon qilinib, 10 million soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan serjant S.Karjanbayev, safdor S.Abzalovlar “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan, leytenant Oʻ.Normamatov ragʻbatlantirish tariqasida muddatdan oldin “katta leytenant” maxsus unvoni bilan mukofotlangan.

Eslatib oʻtamiz, qoʻlga olingan gumondor shaxs 1963-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi X.A. boʻlib, 2005-yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida roʻyxatda turishi maʼlum qilingan.
Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25-97 moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ichki ishlar vazirligi ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolar boʻlsa, yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring