Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun 1 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Hududlarni kompleks rivojlantirish maqsadida ulardagi yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, uy-joylar taʼmirlandi, ichimlik suv va elektr energiyasi tarmoqlari yangilandi.
Pespublikada oʻtkazilgan xatlov natijasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolari koʻp boʻlgan 1 071 ta qishloq va mahallalar mavjudligi aniqlangan. Xususan, qishloq va mahallalarning 5 568 tasida 29 ming kilometr tuproq yoʻllar qattiq qoplamaga oʻtkazilmagan boʻlsa, 1 540 tasi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan.
Qishloq va mahallalarda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida aholi uchun dolzarb boʻlgan muammolarni oʻrganish yuzasidan oʻtkazilgan xatlov jarayonida aniqlangan ijtimoiy-iqtisodiy muammolari koʻp boʻlgan 1 071 ta qishloq va mahallalarning Dasturlarga birinchi navbatda kiritilishi talab etiladigan 447 tasidan 263 tasi 2022-yil uchun manzilli roʻyxatlarga kiritildi.
Dasturlar doirasida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimlari hamda yoʻl-transport infratuzilmasi obyektlari respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan tegishlicha Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy soha obyektlarini va boshqa obyektlarni qurish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti hamda viloyatlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamgʻarmalari orqali, elektr energiyasi, tabiiy gaz, aloqa va axborotlashtirish tarmoqlarini qurish-taʼmirlash ishlari tegishlicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Yoʻllarni taʼmirlash uchun qoldirilgan zaxira mablagʻlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilab berilgan qishloq va mahallalardagi yoʻllarni taʼmirlashga “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining qaroriga asosan yoʻnaltiriladi.
Davlatimiz rahbarining mazkur qaroriga muvofiq, Moliya vazirligi respublika byudjetidan Dasturlar doirasida ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 2 trillion soʻm va ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun 1 trillion soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi.
2023-yildan boshlab esa qishloq va mahallalardagi mavjud ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarining haqiqiy holati tasdiqlangan mezonlar asosida baholanib boriladi. Baholash natijalariga koʻra eng past koʻrsatkich qayd etgan va oʻtgan davr mobaynida Dasturlarga kiritilmagan qishloq va mahallalar Dasturlarga birinchi navbatda kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring