Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash — muhim vazifa
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida soʻngi besh yilda 3 ming 524 km tarmoq tortilib, 685 ta suv qudugʻi va 52 ta suv inshootida taʼmirlash hamda yangitdan qurish ishlari amalga oshirildi. Natijada 600 ming nafar aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilandi.
Hududlarda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va isteʼmolchilarga sifatli xizmat koʻrsatishni tashkil etishda davlat dasturlarining ahamiyati katta boʻlmoqda. 2024-yilda barcha dasturlar doirasida 103 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga 186,3 km ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, 9 ta suv inshooti, 25 ta suv qudugʻi qurildi va rekonstruksiya ishlari bajarildi.
— Ushbu ishlar natijasida 33 ming nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlanib, 64 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatish sifati yaxshilandi, — deydi “Andijon suv taʼminoti” AJ direktori Dilshodbek Qoʻldoshev. — Bu borada eng avvalo, ijtimoiy jihatdan sharoiti nisbatan ogʻir boʻlgan hududlarga alohida eʼtibor qaratdik. Natijada chekka hududlardagi mahallalarning har bir xonadoniga suv joʻmraklari oʻrnatilib, “obihayot” kirib bordi.
Jamiyatda soha taraqqiyotini taʼminlash, amalga oshirilayotgan ishlar rivojini yoʻlga qoʻyish maqsadida “yashil” energiyani ishga tushirish borasida ham xayrli ishlarga qoʻl urilgan. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi qarori ijrosini taʼminlash doirasida oʻtgan yili 57 ta energiya tejamkor nasoslar ishga tushirildi. Buning natijasida yiliga 4 mln. 582 ming kVt elektr energiyasi yoki 4 mlrd. 124 mln. soʻm mablagʻ tejalishiga erishildi.
— Bundan tashqari, suv inshootlari hududida quvvati 50 MVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha xatlov ishlari yoʻlga qoʻyildi, — deydi biz bilan suhbatda jamiyatning energetika boʻlimi muhandisi Abdulaziz Egamberdiyev. — Bu kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda Xitoyning “Gansu Yucun New Energu Technologu” hamda Rossiyaning “Zarubejneft” AJ kompaniyalari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarining oʻrnatilishi ahamiyatlidir. Bu kabi loyihalarning ishga tushirilishi yiliga elektr energiyasi uchun xarajatlar qiymatini 25 foizga qisqartirish imkonini beradi.
2024-yilda Andijon viloyatida isteʼmolchilarga sifatli xizmat koʻrsatish va aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi xayrli ishlar 2025-yilda ham keng koʻlamda davom etadi. Zero, navbatda 11,7 km yangi suv quvurini tortish, 2 ta suv qudugʻi, 2 ta suv inshootini qurish va taʼmirlash orqali 8 ta mahallada istiqomat qiluvchi 33 ming nafar aholi ilk bor toza ichimlik suvi taʼminotiga ega boʻladi. Shuningdek, 64 ming nafar hamyurtlarimizga xizmat koʻrsatish sifati yanada yaxshilanadi. Bir soʻz bilan aytganda, “Andijon suv taʼminoti” AJ tomonidan hududlarni suvlashtirishda barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bu esa manzillarda infratuzilmani shakllantirish orqali aholi turmush sharoitini yaxshilash imkonini bermoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring