“Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasidagi eksponatlarning bir qismi soxta boʻlib chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi “Ichan-Qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasida oʻrganish ishlarini olib bordi.
Oʻrganish davomida bir qator kamchilik va muammolar aniqlandi.
Xususan, ayrim ashyolarning tavsiflariga oʻzgartirishlar kiritilganligi yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topildi.
Oʻrganish davomida noyob ashyolar roʻyxatiga kiritilgan ashyolar xatlovdan oʻtkazildi. Unga koʻra, jami 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga oʻlchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri boʻyicha mos kelmasligi aniqlandi.
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganish yakunlari boʻyicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring