I MDH oʻyinlari: yurtimiz polvonlari kurash boʻyicha 9 ta medal qoʻlga kiritishdi

17:47 08 Sentyabr 2021 Sport
311 0

Rossiyaning Qozon shahrida ilk marotaba oʻtkazilayotgan MDH davlatlari oʻyinlari qizgʻin davom etmoqda. Ushbu oʻyinlar dasturidan Tataristonning milliy sport turi, yaʼni koresh ham oʻrin olgan va ushbu sport turi boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda Oʻzbekiston Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi nomidan 10 nafar sportchi ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, koresh bellashuvlarida 10 nafar terma jamoamiz aʼzolaridan 4 nafari kumush va 5 nafari bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni egallashdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Biroq, terma jamoamiz bosh murabbiyi Nosir Azizovning taʼkidlashicha, natijalar bundan ham yuqori boʻlishi mumkin edi. Boisi, -70 kg vazn toifasida Manguberdi Imyanov hamda -75 kg vazn toifasida kurash tushgan Husan Abduhakimov final bellashuvlarida rossiyalik raqiblariga nisbatan yaqqol ustunlikka erishgan boʻlsada, musobaqa hakamlari tomonidan sportchilarimizning natijalari eʼtiborga olinmagan. Shu tariqa har ikki sportchimiz kumush medallarga loyiq koʻrildi.

I MDH oʻyinlarining koresh boʻyicha musobaqalarida oʻz vazn toifalarida medallarga ega boʻlgan polvonlarimiz bilan tanishing:

Kumush medal sohiblari:

-70 kg: Manguberdi Imyanov,

-75 kg: Husan Abduhakimov,

-100 kg: Uchqunjon Xursandov,

Mutlaq vazn: Ilyosbek Obidjonov.

Bronza medali sohiblari

-65 kg: Abdurahmon Egamov,

-80 kg: Muhammadkarim Karimov,

-85 kg: Akmaljon Hakimov,

-90 kg: Umidjon Jalilov,

-120 kg: Asadbek Zokirov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?