Husanovning transfer narxi 35 million yevroga koʻtarildi – Transfermarkt
Bugun, 18-mart kuni, Germaniyaning Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi futbolchilarining transfer narxlarini yangiladi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 12 million yevrodan 35 million yevroga koʻtarildi.

Soʻnggi bir yil davomida Abduqodir Husanovning transfer narxi 1,5 million yevrodan 2 million yevroga, oktyabr oyida esa 5 million yevroga, dekabr oyiga kelib 12 million yevrogacha koʻtarilgan edi.
Qayd etish joiz, Husanov bu borada “Manchester Siti”ning eng qimmat markaziy himoyachilari orasida Ruben Diashdan keyin, ikkinchi pogʻonada qayd etilgan. Portal maʼlumotlariga koʻra, Diashning bahosi 70 million yevroni tashkil qilgan.
Undan keyingi oʻrinlarda 32 million yevro narx bilan Natan Ake hamda Manuel Akanji uchinchi oʻrinni boʻlishib turgan boʻlsa, 30 million yevro bilan Jon Stounz toʻrtinchi pogʻonadan joy olgan.
Taʼkidlash kerakki, Husanovning yangilangan transfer bahosi Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo futboli uchun yangi rekord miqdor hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring