Husanov jarohati sabab nechta oʻyinni oʻtkazib yuborishi aniq boʻldi
Angliya Premyer-ligasining 5-turidan oʻrin olgan “Arsenal” – “Manchester Siti” oʻyinida jarohat olib, maydonni tark etgan oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov nechta oʻyinni oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi. Bu haqida klubga yaqin manba xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻzbekistonlik himoyachi bugun, 24-sentyabr kuni boʻlib oʻtadigan Liga kubogida “Haddersfild”ga qarshi maydonga tushmaydi. Shuningdek, Abduqodir “Byornli” va “Monako”ga qarshi bahslarni ham oʻtkazib yuboradi. Aniqrogʻi, u maydonga oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan soʻng qaytadi.

“Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola bu haqda gapirar ekan, soʻzi yakunida Husanovni maqtadi.
“U markazda yoki himoya chizigʻining deyarli barcha pozitsiyalarda harakat qila oladi. Faqatgina chapda oʻynash unga noqulayroq deb oʻylayman. Abduqodirning maydonni koʻrish qobiliyati yuqori, jismoniy jihatdan kuchli, ishonchli, baʼzi jihatdan Kayl Uokerni eslatadi.
Asosiysi, u oʻrganishga chanqoq, diqqatini shunga yoʻnaltira olmoqda. Yosh boʻlishiga qaramay, Oʻzbekistondan Fransiyaga, keyin Angliyaga keldi. Moslashuv oson kechmadi. Bir mavsum ichida bunday yoʻlni bosib oʻtish katta tajriba berdi.
Uslub va sxemalarimizni tez oʻzlashtirmoqda, ajoyib futbolchi sifatida shakllanyapti. Kelajagi porloq, “Manchester Siti” uchun koʻp yillar davomida xizmat qiladi”, deydi u.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov jarohati sababli oʻtgan oyda boʻlib oʻtgan “CAFA National Cup” musobaqasida ham Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga yordam bera olmagan edi. Endilikda oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida oʻtishi rejalashtirilgan Urugvay terma jamoasiga qarshi bahsda ham koʻp ehtimol Husanov koʻrinish bermasligi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring