Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasiga qatʼiy shartlar qoʻydi
Foto: Illustrativ foto
Soʻnggi oylarda jamoatchilik muhokamasida boʻlib turgan “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi yuzasidan Hukumat oʻz qarorini chiqarish arafasida turibdi. Fuqarolar va faollar tomonidan bildirilgan eʼtirozlar inobatga olingan holda, loyiha investori oldiga jiddiy shart va majburiyatlar qoʻyildi. Bu haqda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.
Jumladan, loyiha qurilayotgan hudud — Toshkent shahrini ichimlik suvi bilan taʼminlab turuvchi Chorvoq suv omboriga yaqin joylashgani sabab, mazkur manbalarga qurilish ishlari yoki faoliyat jarayonida suv tushishi ehtimoli katta xavotir uygʻotgan edi. Hukumat talablariga koʻra, Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosiga loyiha doirasida suv tushishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Investor, oʻz navbatida, loyiha faoliyatida suvni qayta ishlash va uni aylanma usulda qayta ishlatishga moʻljallangan zamonaviy va ekologik xavfsiz tizimni yaratishi shart. Barcha xarajatlar investor hisobidan amalga oshiriladi.
Hukumat qarorida taʼkidlanishicha, agar loyiha natijasida Chorvoq suv omboriga hatto bir tomchi suv tushirilsa ham, qurilish toʻxtatilib, investitsiya shartnomasi bekor qilinadi va yer maydoni davlatga qaytarib olinadi.
Bosh prokuratura loyiha amalga oshirilayotgan hududda barcha shaharsozlik va ekologik meʼyorlarga qatʼiy rioya etilishini nazorat ostiga oladi. Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura dastlabki loyiha yechimlaridan tortib, obyektlarni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda qonuniylik va shaffoflikni taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring