Hududiy trenerlar bilimi mashgʻulotlarda shakllantirildi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon davlat universitetida saylov qonunchiligi borasida zarur bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish yuzasidan Andijon viloyatidagi hududiy trenerlar uchun saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha oʻquv-amaliy mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
— Seminar doirasida 83 nafar hududiy trenerlar uchun tasdiqlangan reja-grafik asosida dars mashgʻulotlari oʻtkazildi, — deydi viloyat hududiy saylov komissiyasining raisi Baxtiyorjon Rasulov. — Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, saylov qonunchiligi hamda mavzuga doir yangi normalar, hududiy saylov komissiyalarining uchastka saylov komissiyalari bilan oʻzaro faoliyatining turlari boʻyicha tushunchalar berildi.
Aytish joiz, viloyatda 938 ta saylov uchastkalari tuzilgan boʻlib, bu yerda saylov komissiyasi aʼzolari, trenerlar va saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring