Hordiq soatlari teatrda oʻtdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasida mehnat qilayotgan va eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga erishgan 440 nafar xodim va ularning oila aʼzolari bu galgi dam olish oqshomida Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida jamlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayramoldi musiqiy konsert dasturi tashkil etildi. Shu kungi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir doirasida kuy, qoʻshiq va raqslar guldastasidan tashqari “Sirli sandiq” spektakli ham namoyish qilindi.

— Bugungi tadbirdan yorqin taassurotlar oldik, ayniqsa, oila aʼzolarimiz bilan madaniy hordiq chiqarganimiz har birimizga yangicha shijoat hamda gʻayrat bagʻishladi, — deydi Yangi Namangan tumanidagi “Sihatgoh” MFYda kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim Dildora Sultonova. — Boshqarmamiz tashabbusi bilan boshlangan bu singari maroqli hordiq soatlari barchamizga birday yoqib tushgani hamkasblarimiz yuzidagi quvonch va tabassumdan shundoq sezilib turdi. Zero, koʻngildagidek oʻtgan har bir dam olish kuni kishiga mehnatda yangi marralarga erishish imkoniyatini taqdim etadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring