Hokim yosh sportchilarga velosiped hamda federatsiyaga “Damas” avtomashinasi sovgʻa qildi

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Guliston shahridagi “Bilimdonlar maskani”da tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasining viloyat boʻlimi mutasaddilari va yosh velosipedchilar ishtirok etdi.
Viloyat hokimi sportchilar bilan samimiy suhbatlashish barobarida oʻz fikr va tavsiyalarini ham berib oʻtdi. Ularning orzu-umidlari, maqsadlari bilan qiziqdi.
Maʼlumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan velosportni yanada rivojlantirish, ayniqsa, yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb etish hamda shu orqali mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tadbir doirasida hokim viloyat sportchilarining Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va ParaOsiyo oʻyinlari, Jahon chempionatlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishishiga koʻmaklashish maqsadida 14 dona yangi, zamonaviy velosiped sovgʻa qildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasining Sirdaryo viloyati boʻlimi faoliyatini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida “Damas” avtomobili ham tantanali ravishda topshirildi.
— Viloyatimizda sport, shu jumladan, velosportning ommalashishi va rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilyapti. Bunday eʼtibor sportchilarimizga yanada kuch beradi. Bildirilayotgan ishonchni amaldagi natijalarimiz bilan oqlashga soʻz beramiz, — deya oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi federatsiyaning viloyat boʻlimi boshligʻi Kamoliddin Hikmatov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring