Hindistonda jazirama: 33 nafar saylov uchastkasi xodimi halok boʻldi
Rahimova Nodira / OʻzJOKU talabasi. Hindistondagi issiq ob-havo sabab soʻnggi 10 kun ichida kamida 77 nafar inson halok boʻlgan. Bu haqda mamlakat rasmiylari maʼlum qildi.
Shimoliy Uttar-Pradesh shahrida bir kun ichida kamida 33 nafar saylov uchastkasi xodimi hayotdan koʻz yumdi. Matbuot anjumanida shahar maʼmuriyati vafot etganlarning har bir oila aʼzosiga 18 ming dollardan berilishini maʼlum qildi.
Oʻtgan hafta Dehlida tarixdagi eng yuqori harorat — 49,9 daraja qayd etildi. Natijada hukumat suv ishlatilishini tejashga majbur boʻldi. Hindiston meteorologiya departamenti maʼlumotlariga koʻra, shimoli-gʻarbiy va markaziy Hindistonda maksimal harorat selsiy boʻyicha 42 darajadan yuqori boʻlib, baʼzi shaharlarda hatto 50 darajadan oshdi.
Maʼlumot uchun, Hindistonda 19-aprel kuni boshlangan saylov 1-iyunga qadar davom etdi. Dunyodagi eng uzoq davom etadigan ushbu saylovlarda 642 million saylovchi ovoz berish huquqiga ega boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring