Hindistonda suv toshqini va koʻchkilar 240 dan ortiq insonning hayotiga zomin boʻldi
Foto: Al Jazeera
Hindistonning Himachal Pradesh shtatidagi suv toshqini va koʻchkilar ikki oy ichida kamida 240 odamning hayotiga zomin boʻldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Hodisa natijasida halok boʻlganlarning 125 nafari yomgʻir bilan bogʻliq hodisalar — koʻchkilar, toshqinlar va yomgʻir oqib keltirgan ofatlar qurbonlari hisoblanadi. Yana 115 kishi yoʻl-transport halokatlarida halok boʻlgan.
Hozirda ikki milliy shosse yopiq boʻlib, togʻli hududlar bilan aloqa uzilgan.
Bundan tashqari, koʻchki xavfini kuzatuvchi koʻplab stansiyalar ishlamayapti. Bu esa musson mavsumi davomida favqulodda vaziyatlar haqida oʻz vaqtida ogohlantirish va tayyorgarlik masalasida xavotirlarni kuchaytirayotgani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring