Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

17:04 21 Iyul 2024 Dunyo
877 0

Foto: AP

Hindiston gʻarbidagi Gujarat shtatida 50 kishi xavfli Chandipura virusini yuqtirib olgan.

Shtat sogʻliqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, u bilan zararlangan 16 kishi hayotdan koʻz yumgan. Boshqa shtatlarda ham uchta holat qayd etilgan.

Patelning qoʻshimcha qilishicha, virus haqidagi maʼlumotlar Gujaratdagi barcha qishloqlar va sogʻliqni saqlash markazlariga yetkazilgan.

Chandipur virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. U Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qishloq sharafiga nomlangan. Kasallik birinchi marta shu yerda, 1965-yilda ensefalit avj olgan paytda aniqlangan. Uning alomatlari orasida isitma, bosh ogʻrigʻi, tutqanoq va ongni yoʻqotish kiradi. Bular oʻlimga olib kelishi mumkin. Ushbu virusga qarshi vaksina yoki aniq davolash usuli hozirgacha kashf etilmagan.

Shu yilning iyul oyi boshida Ispaniya va Italiyadagi kurortlarda dam olayotgan sayyohlar xavfli virus – Gʻarbiy Nil isitmasi tarqalishi haqida ogohlantirilgan edi. Ushbu Yevropa davlatlarida kasallanganlar aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер