Hindistonda bir sutka davomida 350 mingdan ortiq koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlandi

13:03 05 May 2021 Dunyo
2253 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 153 million 187 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 209 mingdan ziyod kishi vafot etgan (04.05.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 16:20 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 644 685 yangi holati aniqlandi.

10 501 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (05.05.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:20 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 154 million 363 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 227 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,083 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (20,282 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (14,754 milliondan ortiq),

toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,567 milliondan ortiq),

beshinchi oʻrinda esa Turkiya (4,900 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 36 178, Hindistonda 357 229, Braziliyada 28 935, Fransiyada 3 606, Turkiyada esa 24 733 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 1 milliard 047 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?